9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida (69-II-son) · Sana: 25.05.2000 · Kuchini yo'qotgan
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari;
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishlari;
pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
