55-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Gaymor kavaklaridagi kistalarda, peshona kavaklaridagi kista va osteomalarda, uchuvchi, shturman, bortmuhandis, bortkuzatuvchilarni tayyorlash boʻyicha FA oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar. Uchuvchi tarkibidagi shaxslarda peshona kavagidagi osteomalar, parvozlarni va barokamerali tekshiruvni yaxshi oʻtkazganda, parvoz ishiga qarshilik qilmaydi. Gaymor kavaklarining devor yonidagi shilliq qavatlarning qalinlashishi, agar kontrast modda bilan qilingan diagnostik punksiyada patologik oʻzgarish aniqlamasa va FA oʻquv yurtiga kirayotgan nomzod barokamera tekshiruvida barometr bosimi darajalari farqini ijobiy oʻtkazsa, parvozga oʻqishga qarshilik qilmaydi. Pollinoz, rinokonyunktival sindromda parvoz ishini davom ettirish masalasi, allergolog xulosasidan keyin hal qilinadi.
