52-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Koʻrish oʻtkirligi tekshirishga oid belgilar proyektorida yoki Rott uskunasidagi Golovin-Sivsev jadvallarida korreksiya bilan va korreksiyasiz tekshiriladi. Chin koʻrish oʻtkirligi koʻrsatiladi (2.0-1.5-1.0).
Uchuvchilar koʻrish oʻtkirligi 0.6 dan kam boʻlmaganda, shturman, bortmuhandis, bortmexaniklar koʻrish oʻtkirligi 0.4 dan kam boʻlmaganda har bir koʻziga 1.0 korreksiyasiz va korreksiya bilan parvoz ishiga yaroqli deb topiladi.
Uchuvchilarda yomon koʻzda koʻrish oʻtkirligi 0.5 dan past boʻlmasa (binokulyar koʻrish oʻtkirligi 0.6 dan kam emas), shturman, bortmuhandis, bortmexaniklarda 0.3 dan kam boʻlmasa korreksiyasiz va korreksiya bilan 1.0 akkomodatsiya hajmi bilan, yoshiga oid meʼyorga muvofiq, kasbiy tayyorgarligi va tajribasini hisobga olib, individual baholash qoʻllaniladi.
Koʻrish oʻtkirligi pastroq boʻlgan uchuvchi tarkibidagi shaxslar presbiopiyasi bor boʻlsa, parvozni korreksiya qiluvchi bifokal koʻzoynakda yoki kontakt linzalarda bajarishlari kerak va oʻzida zaxira komplekti boʻlishi kerak. Aviakimyoviy ishlarida kontakt linzalar bilan korreksiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻzoynaklarning (linzalarning) borligi va sifati shifokor koʻriklarida hamda navbatdagi koʻrikda nazorat qilinadi.
Uzoqni koʻra olmaslikni 0.5D darajasida, uzoqni koʻra olishni 1.0 D darajasida, astigmatizmni + 0.5 va koʻrish oʻtkirligi korreksiyasiz 1.0 da tibbiy hujjatlarda “tashhis” satrida “sogʻlom” deb, “refraksiya” satrida tegishli yozuv koʻrsatiladi. Refraksiya anomaliyasi natijasida koʻrish oʻtkirligi 1.0 dan past boʻlgan hollarda 52-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
