51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Har bir I — IV ustunlar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtishda chin va yashirin gʻilaylik borligi tekshiriladi. Geteroforiya turi va darajasi aniqlanadi.
Uchuvchilik va dispetcherlik mutaxassisligiga oʻqishga nomzodlarda I ustun boʻyicha — geteroforiya burchagi gorizontal boʻyicha 3 gradusdan yuqori boʻlmasligi kerak, vertikal boʻyicha — 1 gradus, II va IV ustunlar boʻyicha koʻrikdan oʻtuvchilarda — gorizontal boʻyicha 4 gradusdan oshmasligi kerak, vertikal boʻyicha 1 gradus, III ustun boʻyicha — tegishli ravishda 8 gradus va 1 gradus. Displey bilan taʼminlangan parvoz kemalarida ishlayotgan uchuvchi tarkibidagi shaxslar, 2 gradusdan yuqori boʻlgan geteroforiyada yaroqsiz deb topiladi.
Geteroforiya boʻlganda fuzion rezervlar tekshiriladi. Normada manfiy fuzion rezervlar 5-6 gradusni (10 — 12 prizmali dioptriy), musbat — 15 — 20 gradusni (15 — 20 prizmali dioptriy) tashkil qiladi. Fuzion rezervlar kamayganda davolash-mashq tadbirlari koʻrsatilgan.
