37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Buyrak, siydik yoʻllari, qovuq va uretrada oʻtkazilgan operatsiyalardan soʻng, olti oy kam boʻlmagan vaqtdan keyin ishga tiklanish masalasi koʻrib chiqiladi. Faqat radioizotop usulida aniqlangan, yengil darajadagi buyrak parenximatoz faoliyatini buzilishi, 37.2-modda boʻyicha, parvoz (dispetcherlik) ishiga tiklanishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Nefrektomiya oʻtkazgan yoki tugʻilganidan bitta buyragi bor uchuvchi tarkibidagi shaxslarga, buyrak funksiyasi holatiga qarab individual baho qoʻllaniladi.
37.1-moddaga qarashli buzilishlar boʻlmasa, I-II darajali nefroptoz parvoz ishini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi. III darajali nefroptozda uchuvchi tarkibi yaroqsiz deb topiladi, dispetcherlar tarkibiga individual baho qoʻllaniladi.
Har qanday darajadagi nefroptozi bor bortkuzatuvchi va bortoperatorlar yaroqsiz deb topiladilar.
Kriptorxizmning barcha turlarida (moyakni ushlanib qolishi yoki ektopiyasida) oʻqishga yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi. Moyakni olib tashlash boʻyicha operatsiya oʻtkazgan shaxslar (qorinda ushlanib qolishi, moyakni tushirish, ektopiya) oʻqishga yaroqli deb hisoblanadi. Kriptorxizmni moyakni tushirish bilan operativ davolashdan keyin, moyak ildizda emas, yorgʻoqda joylashganlik sharti bilan, operatsiyadan soʻng olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin, uchuvchilikka oʻqishga yaroqlilik aniqlanadi.
Moyak, urugʻ naychasida suv yigʻilishida operativ davolash koʻrsatilgan. Kursantlar, uchuvchi tarkibi va bortkuzatuvchilar, operatsiyadan keyin 5-6 haftadan soʻng oʻqishga (ishga) qoʻyiladilar, dispetcherlar mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilgandan soʻng.
Urugʻ naychasining venasi oʻrtacha kengayganda (venalar konglomerati ifodalanmagan va qorin muskullari tarangligida ularning ortiqcha kuchayishisiz) nomzodlar oʻqishga yaroqli deb topiladilar. Qalpoqcha shaklidagi gipospadiyada oʻqishga nomzodlar, uchuvchi tarkibi, dispetcherlar va bortkuzatuvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Moyak va urugʻ naychasida suv yigʻilishida, urugʻ naychasining venalari kengayishida, qutb ekspeditsiyalariga va issiq iqlimli mamlakatlarga ishga yuborilayotgan shaxslarga individual baho koʻzda tutilgan.
