36-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Arteriyalarning obliteratsiya kasalligi (endarteriit, ateroskleroz), aterosklerotik okklyuziyalar, anevrizma, venalarni varikoz kengayishi, tromboflebit, flebotromboz, posttromboflebit kasalligi, filoyoq kasalligi, tomirlar jarohatlari va ulardagi operatsiyalar asoratlari modda ichiga kiradi.
Jarohatdan keyingi arterial anevrizmalarni operativ davolashni ijobiy natijasida, operatsiyadan keyin bir yildan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng parvoz va dispetcherlik ishiga yaroqlilik haqidagi qaror, klinik tekshiruv natijalari boʻyicha qabul qilinadi.
Venalarni varikoz kengayishida, trofik buzilish belgilari, qon aylanishining dekompensatsiyasi, tugunlar ustidagi teri yupqalashib ularning yorilish xavfi boʻlganda, koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadilar.
Oyoqlardagi venalarning varikoz kengayishini operativ davolashdan keyin, parvoz, dispetcherlik ishiga qoʻyish masalasi, operatsiyadan soʻng uch oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin hal qilinadi. Varikoz kasalligi qaytalanganda bortkuzatuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadilar, boshqa koʻrikdan oʻtuvchilarga qon aylanishini buzilish darajasini hisobga olib individual baho qoʻllaniladi. Posttromboflebit kasalligining kompensatsiya davrida dispetcherlar yaroqli deb topiladilar, qolgan koʻrikdan oʻtuvchilar — kasallik davridan qatʼi nazar yaroqsizdirlar.
