23-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Bu modda boʻyicha yara kasalligi, gastritlar, kolitlar bilan shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar. Kasalliklarning oʻtkir va zoʻrayishini davolash natijalari endoskopik nazorat qilinishi kerak. Gastrit (shu jumladan eroziyali) va kolitning davolash ijobiy natijalarida, koʻrikdan oʻtuvchilar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga qoʻyiladilar.
Asoratsiz yara kasalligida uchuvchilar tarkibi va bortkuzatuvchilar uch oygacha davolanishlari lozim. Asoratli yara kasalligida, tezkor davolanishdan keyin, operatsiya turiga va davolash natijalariga qarab, olti — oʻn ikki oydan keyin qayta koʻrikdan oʻtkazilishlari mumkin.
Dispetcherlar mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilganidan keyin ishga qoʻyiladilar. Birinchi marta, klinik koʻrinishlarsiz, 12-barmoqli ichagida deformatsiyali chandiq aniqlangan shaxslar parvoz ishidan chetlashtirilmaydilar.
