21-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
21.1-moddaga miokard infarkti, stenokardiya, marom va oʻtkazuvchanlik buzilishining ogʻir turlari tegishli. Bu yerga EKGda harakatsiz holdagi yoki jismoniy yukli test sinovlaridagi oʻzgarishlar tegishli, ulardan biri qoʻshimcha tekshiruvlardan keyin koʻproq koronar qon aylanishini buzilish ehtimoli bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Musbat jismoniy yuklamali EKG — test, yukli ssintigrafiyada lokal ishemiya aniqlanganligi yoki yurak asosiy arteriyalaridan birining 50% dan koʻpga torayganligi yoki aortokoronarografiyada uchta arteriyaning 30% dan koʻpga torayishining yigʻindisi, yurak ishemik kasalligi tashhisi uchun yetarli asos boʻlib xizmat qiladi.
21.2-moddaga, koronar va umumiy qon aylanishini buzilishlari, yurak maromi va oʻtkazuvchanligini buzilishi bilan davom etmaydigan yurak qon-tomirlari va mushaklarining aterosklerozi tegishli. Yurak qon-tomir tizimini chuqur klinik tekshirib, yukli sinashlarni ijobiy oʻtkazgandan keyin, parvoz ishiga qoʻyilishi mumkin.
Miokard infarktini oʻtkazgan shaxslarni, yurak-qon tomir tizimi faoliyati yaxshi boʻlib, antianginal vositalar bilan davolanmasdan EKG normal boʻlsa, faqat ikki yillik kuzatuvdan keyin, “HHB dispetcher”i mutaxassisligi boʻyicha ishga qoʻyish mumkin.
