19-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Boshqarishni buzilishi bilan bogʻliq yurak kasalliklari tegishli. “Neyro-sirkulyator distoniyaning kardial turi” tashhisi birinchi marta, klinik, laborator va instrumental tekshiruvlar puxtalik bilan bajarilib, funksional sinovlardan foydalanilgandan soʻng qoʻyiladi. Joriy shamollash jarayonini, yurakdagi organik oʻzgarishlarni va ekstrakardial kasallikni istisno qilish zarur. Yurak ishemik kasalligidan differensial diagnostika uchun ortostatik va farmakologik EKG-sinovlari, VEP, miokard ssintigrafiyasi yukli sinovlari, gumonli holatlarda — koronarografiya tekshiruvlaridan foydalaniladi.
19.1-modda boʻyicha, yurak maromining yorqin ifodalangan buzilishlari, sinus tugunining zaiflik sindromi, yurak qisqarishini takroriy tushib qolishi (ikkita qisqarishga va undan koʻp) bilan kechuvchi oʻtkazuvchanlikni buzilishi, titroq (mersal) aritmiyaning xurujlari bilan, yurak oldi boʻlmasini titrashi, supraventrikulyar taxikardiya (toʻrtta va undan koʻp komplekslar, daqiqasiga tezligi 120 zarba va undan koʻp), qaytalanuvchi bi-, trigeminiya davrlari bilan qorinchalar ekstrasistoliyasi, juftlashgan qorinchalar ekstrasistoliyasini takrorlanuvchi epizodlari bilan, qorinchalar taxikardiyasi epizodlari bilan (uchtadan va undan koʻp majmualar, daqiqasiga tezligi 120 zarba va undan koʻp), oʻz-oʻzidan yuz bergan supraventrikulyar taxikardiyasi mavjud boʻlganda, Volf-Parkinson-Uayt sindromi bilan, shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Maromning supraventrikulyar ahamiyatli buzilishlarida elektrofiziologik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Agar, qayd qilingan maromning yorqin ifodalangan buzilishlari qoʻzgʻatgan boʻlsa, uning natijalari salbiy deb hisoblanadi.
Marom holatini (ifodalanishini) baholashda sutkali EKG-monitoring (kuzatuv) oʻtkaziladi.
Yurakdagi marom buzilishlari muvaffaqiyatli davolanganda, qayta koʻrikdan oʻtkaziladi.
19.2-modda boʻyicha, 19.1-moddada qayd qilinmagan, yurakdagi marom va oʻtkazuvchanlikni buzilishi bilan shikoyatlar bayon qilmagan, EKGdagi (ST va T) qorinchalar kompleksini yakuniy qismidagi beqaror oʻzgarishlarning, V-blokatorlar qabul qilinganda meʼyorga kelishi bilan, shaxslar koʻrikdan oʻtkaziladi.
EKGdagi beqarorlik yoʻqolganda va EKGning meʼyoriyligida V-adrenoblokatorlar samarasiz boʻlsa, ishga yaroqsizligi haqida ekspert xulosasi qabul qilinadi.
