“1793-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish — Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-516-son)
“1793-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-516-son) · Sana: 15.01.2019 · Amalda
Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri axborot taqdim etganlik, qonun hujjatlari talablarining pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishga yoki operatsiyalarni toʻxtatib turishga oid qismini ijro etmaslik, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni gʻayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 264-moddaning:
nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi qismlaridagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 287-moddaning 8-bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 289-moddaning uchinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 291-modda birinchi qismining “d” bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 50-moddaning birinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 53-moddaning toʻrtinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 10, 670-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 14-moddaning toʻqqizinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 38-modda:
beshinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini oʻrganish uchun bank hisobvaraqlari boʻyicha davlat pul mablagʻlarining harakatlanishi bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni va axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining soʻroviga binoan taqdim etadi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddaning toʻqqizinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda) 7-moddasining yettinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) 5-moddasi birinchi qismining 8-bandidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlarini aniqlaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari yuzasidan, mulk shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishi mumkin”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar) 39-moddasining toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlarini aniqlaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi 167-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 141-moddaning:
nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda; 2009-yil, № 4, 139-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-modda matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 11-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “1793-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-516-son). neolex.uz/uz/laws/law-4163513/1793 (lex.uz/docs/-4163506)