36-modda. Kurort tabiiy hududlar
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Davolash va sogʻlomlashtirish xossalariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar hisoblanadi.
Kurort tabiiy hududlar umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin.
Umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
