Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Davlat qoʻriqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qoʻriqxonalarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Davlat qoʻriqxonalari hududida hamda ularning qoʻriqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qoʻriqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida boʻlsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qoʻriqxonalari hududida boʻlishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qoʻriqxonasi maʼmuriyati bergan ruxsatnoma boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-415135
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 19-modda. Davlat qoʻriqxonalarining rejimi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-415228/19 (lex.uz/docs/-415135)