18-modda. Davlat qoʻriqxonalarini tashkil etish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega boʻlgan, tipik ekologik tizimlar, oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda oʻrganish uchun moʻljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qoʻriqxonalari hisoblanadi.
Davlat qoʻriqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Davlat qoʻriqxonalari bunday qoʻriqxonalar toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
