5-modda. Qonunchilik palatasi Spikerini va uning oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (522-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikerini yoki uning oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat Qonunchilik palatasi deputatlari guruhining taklifiga binoan palata tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini yoki uning oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
