10-modda. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (522-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar ularni koʻrib chiqish navbati, palataning har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan qoʻmitalari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tuziladi.
Qonunchilik palatasining deputatlari Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadilar.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi.
