“591-modda. Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-503-son) · Sana: 22.10.2018 · Amalda
Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaxs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 125-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir” degan soʻzlar “ikkidan bir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 1281-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikki” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch” degan soʻz “toʻrt” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 1283-modda:
uchinchi qismining sanksiyasidagi “yetti” degan soʻz “toʻqqiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi”;
beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 131-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
