“1552-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-503-son) · Sana: 22.10.2018 · Amalda
Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
13) 164-modda:
toʻrtinchi qismining dispozitsiyasidagi “dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismining dispozitsiyasidagi “Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlari yoxud” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 1651-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
