18-modda. Bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-502-son) · Sana: 18.10.2018 · Amalda
Bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash Bojxona institutida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (Bojxona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Bojxona organining xodimi boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bogʻliq lavozimga tayinlangan taqdirda yoki uni ishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganda qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Bojxona organining xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻiga muvofiq malaka oshirishdan oʻtadi.
Bojxona institutining tinglovchilari va kursantlari bojxona organlaridagi xizmatda deb hisoblanadi, bundan chet el fuqarolari mustasno.
