24-modda. Xususiy bandlik agentligining hisobi va hisobotlari
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Xususiy bandlik agentliklari hisob va hisobotlarni yuritadi. Hisobotlar xususiy bandlik agentligining tanloviga koʻra qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tuzilishi mumkin. Xususiy bandlik agentligining elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlari xususiy bandlik agentligi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat xususiy bandlik agentliklari tomonidan hisobga olishning elektron tarzda yuritilishini dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali ragʻbatlantiradi.
Xususiy bandlik agentligi hisobotlarni faqat davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga taqdim etadi.
Davlat organlariga xususiy bandlik agentliklari uchun hisobotlarning qonunda nazarda tutilmagan qoʻshimcha turlarini belgilash taqiqlanadi.
