18-modda. Fuqarolar yigʻini raisi saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish
Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida (O‘RQ-499-son) · Sana: 15.10.2018 · Amalda
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va oʻtkaziladi.
Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan fuqarolar, qoida tariqasida, fuqarolarning vakillari boʻlishi mumkin.
Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi.
Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida oʻn ikki foizini tashkil etishi kerak.
