23-modda. Mablagʻlardan foydalanish kafolatlari
Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (719-I-son) · Sana: 24.12.1998 · Kuchini yo'qotgan
Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangach, uning xohishiga koʻra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
Investitsiya faoliyati subyekti olgan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek olingan mol-mulk olib qoʻyilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara toʻlovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya toʻlanadi).
Investitsiya faoliyati subyektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qoʻyish yoki mablagʻlarni majburan olib qoʻyish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
