21-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining huquqlari va majburiyatlari
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida (702-II-son) · Sana: 02.12.2004 · Amalda
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan toʻlovlarni belgilangan tartibda olish;
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarining holati toʻgʻrisida, shuningdek shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlar haqida axborot olish;
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarini qonunchilikka muvofiq vasiyat qilib qoldirish.
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi Xalq bankining mazkur toʻlovchi oldidagi majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qiluvchi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Xalq banki filialiga xabar qilishi shart.
Qonunchilikka muvofiq, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
