20-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida (702-II-son) · Sana: 02.12.2004 · Amalda
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan bunday toʻlovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan toʻlanadi.
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari ularni olish uchun murojaat etilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran, lekin bunday toʻlovlarni oluvchida davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgach, toʻlanadi.
Bunday toʻlovlarni oluvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablagʻlarni qonunchilikka muvofiq berilgan hujjatlar asosida ishonchli shaxslar orqali olishlari mumkin.
