Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida (276-I-son)
30.08.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I. VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNI TUZISh VA TUGATISh
1-modda.
Viloyatlarni tuzish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
2-modda.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi.)
3-modda.
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
II. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING ChEGARALARINI OʻZGARTIRISh
4-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Joʻqorgʻi Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
5-modda.
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda.
Qishloqlar va ovullar chegarasini oʻzgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
III. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING MAʼMURIY MARKAZLARINI BELGILASh VA KOʻChIRISh
7-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxtini belgilash va koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
8-modda.
Viloyatlarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda.
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʻchirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
IV. ShAHARLAR BOʻYSUNUVINI OʻZGARTIRISh VA AHOLI PUNKTLARINI ShAHAR, ShAHARChALAR TURKUMIGA KIRITISh
10-modda.
Respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida), viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida oʻttiz ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Shaharlarni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarni respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida) boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
11-modda.
Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida yetti ming aholisi boʻlgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda.
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
V. ShAHARLAR, ShAHARChALARNING ChEGARALARINI BELGILASh VA KENGAYTIRISh
13-modda.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
14-modda.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
IX. MONUMENTAL SANʼAT ASARLARIGA NOM BERISh
27-modda.
Monumental sanʼat asarlariga nom berish, ularga oid tagsoʻz matnlarini tasdiqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
XI. YAKUNIY QOIDALAR
30-modda.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish, aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga oʻtkazish haqidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida eʼlon qilinishi shart.
Mavjud aholi punktlari hisobining yuritilishini hamda yangi paydo boʻlganlari roʻyxatdan oʻtkazilishini tegishli ravishda Joʻqorgʻi Kenges, viloyat hokimliklari taʼminlaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
276-I-son
