10-modda.
Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida (276-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida), viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida oʻttiz ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Shaharlarni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarni respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasida) boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
