“2152-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-486-son) · Sana: 23.07.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlikda yoki oʻz vaqtida bajarmaganlikda, maʼlumotlar bazasiga kirishga ruxsat bermaganlikda va axborot taqdim etmaganlikda, bila turib notoʻgʻri maʼlumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamda uning mansabdor shaxslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir koʻrsatganlik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) quyidagi mazmundagi 2155-modda bilan toʻldirilsin:
