“1973-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish hamda uning talablarini bajarmaslik
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-486-son) · Sana: 23.07.2018 · Amalda
Dalolatnomalarni va boshqa zarur hujjatlarni, materiallarni va maʼlumotlarni taqdim etishni, tekshirishlar, taftishlar oʻtkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga kelishdan, qonunni buzganlik toʻgʻrisida tushuntirish berishdan boʻyin tovlashda ifodalangan tarzda Inspeksiya organlari xodimining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek Inspeksiya organlari xodimining hujjatlarini koʻrib chiqmaslik yoxud ularni toʻliq hajmda bajarmaslik, shuningdek Inspeksiya organlari xodimining gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazish, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 2152-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
