4-modda. Fitosanitariya talablari
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yoʻq qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan hujjatlar fitosanitariya talablaridir.
Fitosanitariya talablari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (bundan buyon matnda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
Fitosanitariya talablari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qoʻyiladi.
Fitosanitariya talablari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
