211-modda. Oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi yangi zararli organizm aniqlangan taqdirda, fitosanitariyaga oid xavfni, oʻsimliklar karantini obyektining biologik xususiyatlarini va uning aniqlanish holatlarini, geografik jihatdan oʻziga xos xususiyatlarni, mavsumiy xususiyatga ega omillarni tahlil qilish asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlar va shaharlar miqyosida oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi tegishli oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida oʻsimliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning oʻchogʻi kengayishiga yoʻl qoʻymaslik dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
