224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
12) 225-moddasida:
birinchi qismning dispozitsiyasidagi “roʻyxatdan oʻtish, propiska” degan soʻzlar “vaqtincha yoki doimiy propiska” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning sanksiyasidagi “oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning dispozitsiyasidagi “mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishga, ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar “mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “besh baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 245-moddasining birinchi qismidagi “1751-moddasida” degan soʻzlar “1751, 1753-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) Kodeks quyidagi mazmundagi 2641, 2663 va 2671-moddalar bilan toʻldirilsin:
