36-modda. Oʻrmondan foydalanish turlari
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
pichan oʻrish;
chorva mollarini oʻtlatish;
asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini yigʻish hamda tayyorlash;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash;
daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish;
oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish;
ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish;
ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish.
Qonunchilikda oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
