22-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi nazorat
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshiradi.
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
