21-modda. Davlat oʻrmon kadastri
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Davlat oʻrmon kadastri Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha oʻrmonlar, ularning geografik oʻrni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat boʻladi.
Davlat oʻrmon kadastri oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni oʻrmon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangandir.
Davlat oʻrmon kadastri davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim boʻyicha yuritiladi.
