16-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning oʻrmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, koʻpaytirishni, takroriy koʻpaytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi oʻrtasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi, davlat organlariga koʻmaklashishi mumkin.
