7-modda. Davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-474-son) · Sana: 12.04.2018 · Amalda
Jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga soʻrovlar yuborishga haqli.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari va soʻrovlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining axborot olishga boʻlgan huquqi, agar mazkur axborot shaxsga doir maʼlumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, cheklanishi mumkin.
