6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-474-son) · Sana: 12.04.2018 · Amalda
Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar;
davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini oʻrganish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
