11-modda. Jamoatchilik monitoringi
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida (O‘RQ-474-son) · Sana: 12.04.2018 · Amalda
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish jamoatchilik monitoringidir.
Jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin.
Jamoatchilik monitoringi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin.
Jamoatchilik monitoringining tashkilotchisi jamoatchilik monitoringining obyekti, uni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi.
