12-modda. Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma
“Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-473-son) · Sana: 11.04.2018 · Amalda
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari, Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa respublika muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritiladi. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek chet el yuridik shaxslarini taqdirlashga doir taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Davlat mukofotlariga taqdim etish tashabbusi bilan chiqish va ularni koʻrib chiqish tartibi, taqdimnomaga ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati, shuningdek davlat mukofotlariga doir guvohnomalarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat mukofotlari bilan taqdirlash tashabbusi bilan mustaqil ravishda chiqishga haqlidir.
