8-modda. Avtomobil yoʻllarini boshqaruvchi idoralar
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasi xalqining boyligi boʻlib, davlatning mutlaq mulkidir va u xususiylashtirilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi idoralari (yoʻl idoralari) boshqaruvida boʻladi va ularning balansida turadi.
Korxonalarga qarashli avtomobil yoʻllari qaysi korxona, muassasa va tashkilot balansida tursa va qaysi biri ana shu yoʻllarning saqlanishini taminlasa, shu korxona, muassasa va tashkilot ixtiyorida boʻladi.
Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlaridagi koʻchalar tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tasarrufida boʻladi hamda ularning saqlanishini taʼminlaydigan uy-joy-kommunal xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari balansida turadi.
