7-modda. Avtomobil yoʻllarini boshqaruvchi davlat idoralari
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati maxsus vakolat berilgan avtomobil yoʻllarini boshqaradigan davlat idorasi orqali respublika avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish ishini nazorat qiladi hamda bu borada yagona texnika siyosati yuritadi, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini foydalanish uchun yaroqli holda saqlashni, taʼmirlashni va bunday yoʻllar qurishni tashkil etadi.
Idoralarga qarashli yoʻllarni boshqarish qonunlarda belgilangan tartibda ana shu yoʻllarni tasarruf etuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, bu ishlarni mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari uygʻunlashtiradilar.
