22-modda. Davlat xavfsizlik xizmatining qonuniy talablarini bajarishning majburiyligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-471-son) · Sana: 05.04.2018 · Amalda
Davlat xavfsizlik xizmatining qonuniy talablari, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, huquqbuzarliklar faktlari boʻyicha kelish hamda tushuntirishlar berish, huquqbuzarliklarga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi talablari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlar bepul taqdim etiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini toʻxtatib turmaydi.
