27-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida (657-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga ularning vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
a) davlat boshqaruvi idoralarida, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan, shuningdek alohida shaxslardan yoʻl qoʻyilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berishni talab qilish;
b) xalq xoʻjaligi obyektlarini qurish va ularni qayta qurish loyihalarida sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilish;
v) mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga va alohida shaxslarga belgilangan tartibda:
aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari, xalq xoʻjaligi obyektlarini joylashtirishning istiqbol rejalari boʻyicha, shuningdek korxonalar, binolar va inshootlarni qurish, qayta qurish loyihalari boʻyicha xulosalar berish;
qurilish uchun yer uchastkalari berish, roʻzgʻorda va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanadigan joylarni va oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarni qayta ishlash va koʻmib tashlash masalalari boʻyicha xulosalar berish;
g) turar joy binolari hamda madaniy-maishiy binolar, sanoat, qishloq xoʻjalik va boshqa korxonalar, shuningdek inshootlarning amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi haqida xulosalar berish;
d) bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan hamda oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan bolalarning oʻquv-mehnat soatlari va taxminiy mashgʻulot tartibi haqida taqdim etishgan takliflar yuzasidan xulosalar berish;
e) qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlarini, boshqa muassasalar va tashkilotlarni maxsus ekspertizalar oʻtkazishga jalb etish va bunga buyurtmachilar hisobidan haq toʻlash;
j) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida qaysi idoraga qarashli boʻlishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish;
z) qaysi idoraga qarashli boʻlishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlaridan va alohida shaxslardan:
