26-modda. Viloyat va Toshkent shahri bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida (657-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Viloyat va Toshkent shahrining bosh davlat sanitariya vrachlari:
oʻz boʻysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladilar;
xalq xoʻjaligi obyektlarini qurish va qayta qurish loyihalari yuzasidan xulosalar beradilar;
sanitariya-epidemiya jihatidan bexatarlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qarorlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan hujjatlar chiqaradilar;
odamlarning hayoti va salomatligiga xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydilar;
viloyat va shahar hududlariga karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini amalga oshiradilar;
avariya vaziyatlarini yoʻqotish chogʻida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazadilar;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sanitariya vrachi bilan kelishgan holda shaharlar va nohiyalarning bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydilar.
