515-modda. Nazorat tartibidagi shikoyat boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Nazorat tartibidagi shikoyat unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishini talab qilib olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;
2) shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida.
Nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch kunlik muddatda xabar qilinadi”;
35) quyidagi mazmundagi 5151 va 5152-moddalar bilan toʻldirilsin:
