495-modda. Yuqori sud koʻrsatmalarining majburiyligi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrib chiqqan sudning ish holatlari toʻla-toʻkis va har tomonlama tekshirilishini taʼminlashga, shuningdek Jinoyat kodeksi hamda ushbu Kodeks normalarining buzilishini bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatmalariga ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqish chogʻida amal qilish majburiydir.
Nazorat instansiyasi sudi ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqish uchun yuborayotganda ayblov isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalillarning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, jinoyatning tasnifi va jazo chorasi toʻgʻrisida oldindan xulosa chiqarib qoʻyishga haqli emas”;
20) 496-modda:
birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat shikoyati bergan, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti bildirgan shaxs”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish nazorat instansiyasi sudi tomonidan yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqish uchun yuborilayotganda aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar koʻrsatilishi zarur”;
oltinchi qismidagi “sud rayosatining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 4972-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “birinchi, ikkinchi va uchinchi” degan soʻzlar “birinchi — toʻrtinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 4973-moddaning:
birinchi qismi 1-bandidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
birinchi qismi 2-bandidagi “okrug va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
