3244-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) u shikoyatni (protestni) koʻrib chiqishga vakolatli sudga ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻrilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519-moddalarida nazarda tutilgan sudning maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) shikoyatni (protestni) koʻrib chiqishga vakolatli sudga barcha materiallar bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda koʻrilishi lozim.
Sudning maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti), agar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs maʼmuriy qamoqni oʻtayotgan yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborilishi lozim boʻlsa, shikoyat (protest) berilgan paytdan eʼtiboran bir sutka ichida koʻrilishi kerak.
