3243-modda. Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) muddati
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) sud qarorining koʻchirma nusxasi topshirilgan yoki olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra qarorni chiqargan sud, agar muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
