32420-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Nazorat shikoyati (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 3245-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida nazorat tartibida koʻrib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 3245-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
