32417-modda. Nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) nazorat shikoyatini bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etishning qisqacha sabablari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimiga qoʻshilmaslikka hamda nazorat shikoyatini bergan shaxsning arizasi asosida uni bekor qilish va nazorat shikoyatini ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.
Nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
