32416-modda. Nazorat shikoyatini qabul qilishni rad etish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi nazorat shikoyatini qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) nazorat shikoyati nazorat instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) nazorat shikoyati belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa;
3) nazorat shikoyati qonunga muvofiq nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
4) nazorat shikoyati kassatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
5) nazorat shikoyati nazorat tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa.
